
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoasining hozirgi holatiga baho berdi."Bizda ajoyib jamoa yig'ilgan, lekin ba'zi pozitsiyalarga futbolchi etishmayapti. Shuningdek, jamoada raqobat etishmayapti. Lekin, shunga qaramay, ko'plab jarohatlar va yanvar oyidagi ko'p safar o'yinlarini o'tkazganimizni inobatga olganda, jamoaning holatini 10 ballga baholayman", - dedi Kuman "Diario Sport"ga bergan intervyusida.Eslatib o'tamiz, "Barselona" barcha musobaqalar doirasida ketma-ket 6ta o'yinda g'alaba qozonishdi.
Fikrlar 0