
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi La Liga 23-turi doirasida 13 fevral, shanba kuni «Alaves»ga qarshi kechgan bahsda (5:1) maydonga tushdi.Bu argentinalik futbolchi uchun Ispaniya chempionatida katalonlar safidagi 505-o'yin bo'ldi. Messi bu borada rekordchi Xaviga etib oldi.«Barselona» safida La Ligada eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchilar: Lionel Messi — 505 ta o'yin; Xavi — 505; Andres Inesta — 442; Serxio Buskets — 399; Karles Puyol — 392.Messi 2004 yildan buyon «Barselona» asosiy jamoasida to'p surib keladi. Joriy mavsum u La Ligada 20 ta o'yin o'tkazib, 15 gol va uchta golli uzatmaga muallif bo'ldi.
Fikrlar 0