
Kataloniyaliklar himoyachisi Jerar Pike jarohatidan to'liq tiklanib jamoa mashg'ulot bazasiga qaytdi.
Bu haqda Marca xabar beradi. Futbolchi noyabr oyida «Atletiko»ga qarshi uchrashuvda tizzasidan jarohat olgan edi. Shu sababli u 3 oyni lazaretda o'tkazib yubordi. Endi Jerarning «PSJ»ga qarshi o'yinda maydonga tushish-tushmasligi ertangi tibbiy tekshiruvda ma'lum bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, 34 yoshli Pikedan tashqari bundan avvalroq «Barsa»ning yana bir futbolchisi Arauxo ham safga qaytgan edi.
Fikrlar 1
Psjga qarshi tushmagani maqul Arauxoni tushirish kerak