“PSJ“ jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe “Barselona“ga qarshi uchrashuvda xett-rik qayd etib, gollar soni bo'yicha parijliklar safidagi 111lik dovonga etdi.

Frantsiyalik futbolchi bugun kiritgan dastlabki goli bilan “PSJ“ning sobiq hujumchisi Pedru Pauletoga etib olgan bo'lsa, keyingi o'rilgan ikki gol Mbappeni eng yaxshi to'purarlar qatorida Zlatan Ibragimovich(156) hamda Edinson Kavani(200)lardan so'ng uchinchi pog'onaga olib chiqdi.