«Barselona» hujumchisi Antuan Grizmann Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida bo'lib o'tgan «PSJ»ga qarshi bahsdan (1:4) so'ng Frantsiya terma jamoasidagi sherigi Kilian Mbappening o'yiniga yuqori baho berdi.Eslatib o'tamiz, mazkur uchrashuvda 22 yoshli futbolchi "xet-trik"ka erishdi. «Kilian Mbappe ajoyib o'yin o'tkazdi. «PSJ» ixtiyorida bo'lajak yulduz mavjud U Leo Messi va Krishtianu Ronaldu darajasiga chiqadi», – dedi Grizmann.