«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida «Barselona»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda (4:1) "xet-trik"ka erishdi.22 yoshli futbolchi EChL doirasida kataloniyaliklar darvozasiga 3ta gol urgan uchinchi futbolchiga aylandi.Avvalroq bunday ishni Faustino Asprile («Nyukasl») va  Andrey Shevchenko («Dinamo» Kiev) amalga oshirishgan. Mazkur ikki xet-trik 1997 yilda qayd etilgan bo'lib, unda hali Mbappe tug'ilmagan edi.