[readimg]https://static.sports.uz/crop/6010bd57571a614a7940d048eee5ec26.jpg[/readimg] EChLda 4-turdan keyingi vaziyat 5-6 noyabr kunlari Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Ayni paytga kelib 3 klub muddatidan oldin pley-off masalasini hal etdi. Ular PSJ, “Bavariya” va “Yuventus”. Grandlarning aksariyati keyingi tur navbatdagi bosqich yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. “A” guruhi Ushbu kvartetda PSJ yuz foizlik natija qayd etdi. E’tiborlisi, parijliklar birorta ham gol o‘tkazib yuborishmadi. Ularnig ortidan “Real” kelmoqda. “Qirollik klubi” oxirgi turlarni yaxshi o‘tkazmoqda. Ammo Zinedin Zidan shogirdlari keyingi turda har qachongidan ham "qo‘rqinchli" ko‘rinayotgan PSJ bilan kuch sinashadi. Ushbu o‘yindagi mag‘lubiyat madridliklarning imkoniyatlarini ancha pasaytirib yuborishi mumkin. Har holda oxirgi uchrashuv “Bryugge” bilan bo‘ladi. Belgiya klubi "Santyago Bernabeu"da durang qayd etgandi. 4-tur, 6 noyabr Real Madrid - Galatasaroy - 6:0 PSJ - Bryugge - 1:0 № Jamoalar O‘ G‘ D M To‘plar O 1 PSJ 4 4 0 0 10-0 12 2 REAL MADRID 4 2 1 1 9-5 7 3 BRY uGGE 4 0 2 2 2-8 2 4 GAL ATASAROY 4 0 1 3 0-8 1 5-tur, 26 noyabr Galatasaroy - Bryugge Real Madrid – PSJ “V” guruhi Bosh murabbiysiz qolgan “Bavariya” muddatidan avval pley-offga chiqdi. Myunxenliklar tomonidan tor-mor keltirilgan “Tottenxem” keyingi bahsda 3 ochkoni qo‘lga kiritsa, Pochettino jamoasi ham guruh bosqichini hal etishadi. 4-tur, 6 noyabr Bavariya - Olimpiakos - 2:0 Tsrvena Zvezda - Tottenxem - 0:4 № Jamoalar O‘ G‘ D M To‘plar O 1 BAV ARIYa 4 4 0 0 15-4 12 2 TOT TENXEM 4 2 1 1 13-9 7 3 TsR VENA ZVEZDA 4 1 0 3 3-13 3 4 OLI MPIAKOS 4 0 1 3 5-10 1 5-tur, 26 noyabr Tottenxem - Olimpiakos Tsrvena Zvezda – Bavariya “S” guruhi “Manchester Siti” bir oyog‘i bilan pley-offda. “Shaharliklar” ayni paytda 10 ochko bilan birinchi o‘rinda borishmoqda. Gvardiola jamoasi 5-turni o‘z maydonida “Shaxtyor”ga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bellashuvdagi durang ham mezbonlarni keyingi bosqichga olib chiqadi. Keyingi o‘rinlar uchun “Shaxtyor” va “Dinamo Zg” kurashmoqda. 4-tur, 6 noyabr Atalanta - Manchester Siti - 1:1 Dinamo Zg - Shaxtyor - 3:3 № Jamoalar O‘ G‘ D M To‘plar O 1 MAN ChESTER SITI 4 3 1 0 11-2 10 2 ShA XTYoR 4 1 2 1 7-9 5 3 DIN AMO ZG 4 1 2 1 9-7 5 4 ATAL ANTA 4 0 1 3 3-12 1 5-tur, 26 noyabr Manchester Siti - Shaxtyor Atalanta - Dinamo Zg “D” guruhi Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi “Yuventus” Rossiyada qiyin g‘alabaga erishdi va keyingi bosqichni o‘ylay boshladi. “Atletiko”ning esa Germaniyadagi mag‘lubiyat tufayli pley-off chiqishi ortga surildi. “Matraschilar” keyingi tur Turinga tashrif buyurishadi. Garchi “Yuve”da ortiqcha bosim bo‘lmasa-da, o‘z uyidagi keraksizdek tuyulgan o‘yinda kamida imkoniyatni boy bermaslikka urinadi. Bu esa ikkinchi yo‘llanma oxirgi turda hal etilishini anglatadi. 4-tur, 6 noyabr Lokomotiv - Yuventus - 1:2 Bayer - Atletiko - 2:1 № Jamoalar O‘ G‘ D M To‘plar O 1 YuV ENTUS 4 3 1 0 9-4 10 2 ATLE TIKO 4 2 1 1 6-4 7 3 LOK OMOTIV 4 1 0 3 4-7 3 4 BAY ER 4 1 0 3 3-7 3 5-tur, 26 noyabr Lokomotiv - Bayer Yuventus – Atletiko “E” guruhi Bu guruhda bir qarashda hali hech narsa aniq emasdek. “Liverpul” va “Napoli” katta ehtimol bilan masalani hal qilishlari kutilmoqda. Biroq bu oson bo‘lmaydi. Sababi keyingi turda ushbu jamoalar o‘zaro to‘qnash keladi. Tomonlarning dastlabki uchrashuvida neapolliklar muvaffaqiyat qozonishgandi. Endi durang yoki mag‘lubiyat “Zalsburg”ga as qotishi mumkin. Chunki Avstriya klubi “Genk”ni taslim etish imkoniyati ko‘proq va bu orqali 2-o‘rindagi jamoaga ancha yaqinlashadi. Biroq voqealar rivoji buning aksi bo‘lishi ham mumkin. 4-tur, 5 noyabr Napoli - Zaltsburg - 1:1 Liverpul - Genk - 2:1 № Jamoalar O‘ G‘ D M To‘plar O 1 LIVE RPULЬ 4 3 0 1 10-7 9 2 NAP OLI 4 2 2 0 6-3 8 3 ZAL ЬTsBURG 4 1 1 2 12-10 4 4 GEN K 4 0 1 3 4-12 1 5-tur, 27 noyabr Liverpul - Napoli Genk – Zaltsburg F guruhi “Barselona” – “Slaviya” uchrashuvidagi durang turning sensatsion natijasi sifatida qaralmoqda. Kataloniyaliklar o‘z uylarida gol ura olishmadi. “Inter” mag‘lubiyatga uchrab, turnir jadvalida “Borussiya D”ni o‘zidan o‘tkazib yubordi. Vaziyat ancha chigallashmoqda. Bu neytral muxlislar uchun ayni muddao. Chunki keyin bosqich masalasi oxirgi turlarda hal bo‘ladi. Ushbu kvartetda ham shunday bo‘lishi kutilyapti. 4-tur, 5 noyabr Barselona - Slaviya - 0:0 Borussiya D - Inter - 3:2 № Jamoalar O‘ G‘ D M To‘plar O 1 BAR SELONA 4 2 2 0 4-2 8 2 BOR USSIYa D 4 2 1 1 5-4 7 3 INTE R 4 1 1 2 6-6 4 4 SLAV IYa 4 0 2 2 2-5 2 5-tur, 27 noyabr Barselona - Borussiya D Slaviya – Inter G guruhi O‘rtamiyona klublar joylashgan guruhda germaniyaliklar peshqadamlik qilishmoqda. Portugaliya jamoasi esa hozircha o‘z muxlislari ishonchini oqlamayapti. “Leyptsig” va “Lion” keyingi bosqichga da’vogarlardan. 4-tur, 5 noyabr Zenit - Leyptsig - 0:2 Lion - Benfika - 3:1 № Jamoalar O‘ G‘ D M To‘plar O 1 LEYP TsIG 4 3 0 1 6-4 9 2 LIO N 4 2 1 1 7-4 7 3 ZENI T 4 1 1 2 5-6 4 4 BEN FIKA 4 1 0 3 5-9 3 5-tur, 27 noyabr Zenit - Lion Leyptsig – BenfikaH guruhi “Ayaks” bu mavsum ham yaxshigina “bosh og‘rig‘i” bo‘ladiganga o‘xshaydi. Gollandiyaliklar “Chelsi” maydonida g‘alaba qozonayotganida hakam “Ayaks”ning 2 futbolchisini chetlatdi va penalti qo‘yib berdi. Qattiqqo‘l hakamlik bo‘lmaganda, Lempard shogirdlari hisobni tenglashtirishlari juda qiyin edi... Ushbu kvartetda 3 klub 7 ochkodan to‘plagan. Qolgan o‘yinlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, “Valensiya” kurashdan chiqishi mumkin. Chunki ispaniyaliklar keyingi turda “Chelsi” bilan kuch sinashishadi. Oxirgi turda esa “Ayaks” maydoniga borishadi. Bu o‘yinlardan omon chiqishning o‘zi amrimahol. 4-tur, 5 noyabr Chelsi - Ayaks - 4:4 Valensiya - Lill - 4:1 № Jamoalar O‘ G‘ D M To‘plar O 1 AYa KS 4 2 1 1 10-5 7 2 ChEL SI 4 2 1 1 7-6 7 3 VALE NSIYa 4 2 1 1 6-5 7 4 LILL Ь 4 0 1 3 3-10 1 5-tur, 27 noyabr Valensiya - Chelsi Lill - Ayaks