"Biz shunday ruhda davom etishimiz kerak. Maurisio Pochettino ajoyib ish olib bordi. Endi u o'tgan mavsum bizni finalgacha olib chiqqan Tomas Tuxelning ishini davom ettirmoqda.

Biz jismoniy rejalarda o'sdik. PSJ hali o'z cho'qqisiga chiqqani yo'q. Jamoa rivojlanishda davom etmoqda", - deydi Kilian.

PSJ va "Barselona" o'rtasidagi javob bahs 10-martda Frantsiyada bo'lib o'tadi.