
Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichidan o'rin olgan "Barselona" va "PSJ" jamoalari o'rtasidagi o'yinda Kilian Mbappe qahramonga aylandi. U raqib darvozasini 3 marta ishg'ol qilgan bo'lsa, parijliklar "Kamp Nou"dan 4:1 hisobidagi g'alaba bilan qaytishdi. "Barsa" sardori Lionel Messi Argentina terma jamoasi bilan JCh-2018 nimchorak final bosqichida Frantsiyaga qarshi to'qnash kelgan edi. O'shanda ham Mbappe 2ta gol muallifiga aylangan va frantsuzlar 4:3 hisobida g'olib chiqishgan edi. Frantsiya termasi Rossiyadagi Mundialda bosh sovrin egasiga aylangandi. Demak, Messi va Mbappe o'rtasidagi to'qnashuvlarda Kilian 2:0 hisobida oldinga chiqib oldi. Karikatura-rassom Javlon Nazarov ushbu mavzuda ijod qildi.

Fikrlar 0