
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoa himoyachisi Erik Garsiya «Barselona»ga o'tishini tasdiqladi.«Erik Garsiya men uchun o'g'limdek. O'tgan yili karantindan so'ng u eng yaxshi himoyachiga aylangandi. U hech qachon xato qilmadi va Chempionlar ligasi chorak finalida o'ynadi.U «Barselona»ga o'tadi. Erik — o'rtacha saviyadagi o'yinchi emas, u top-futbolchi.Jamoaning so'nggi 2ta o'yinida uni tarkibga kiritmadim. Bu esa qalbimni vayron qildi. Mana nima uchun murabbiylarga oson emas. Bu nimani anglatishini tasavvur qila olmaysiz», – dedi Pep.Eslatib o'tamiz, 20 yoshli futbolchining "shaharliklar" bilan shartnomasi joriy mavsum so'ngida yakunlanadi.
Fikrlar 0