Mashhur Who Scored portali La Ligada yakuniga etgan 25-turning ramziy jamoasini e'lon qildi.

Unga ko'ra «Barselona» hujumchisi Leo Messi turning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi. U «Sevilya»ga qarshi bahsda ikki gol va 1 assist muallifiga aylangan edi.

Darvozabon: Oblak («Atletiko»);

Himoyachilar: Vaskes («Real»), Murilo («Selta»), Siovas («Ueska»), Dias («Granada»);

Yarimhimoyachilar: Portu («Real Sosedad»), Arambarri («Xetafe»), Lorente, Niges («Atletiko»);

Hujumchilar: Messi («Barselona»), Korrea («Atletiko»).