
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Evropaning top-5 chempionatlari joriy mavsumida muvaffaqiyatli aldab o'tishlari sonini 100taga etkazgan ikkinchi futbolchiga aylandi. U o'z urinishlarining 58 foizini muvaffaqiyatli amalga oshirgan."OptaJose" tarqatgan xabarga ko'ra, ushbu ko'rsatkich bo'yicha «Vulverxempton» forvardi Adama Traore etakchi bo'lib turibdi. U APLning joriy mavsumida o'z raqiblarini 105 marta muvaffaqiyatli aldab o'ta olgan.«Ueska» himoyachisi Xavi Galan (82), «Udineze» yarim himoyachisi Rodrigo De Paul (79) va «Fulxem» tayanch yarim himoyachisi Andre Zambo-Angissa ushbu ko'rsatkich bo'yicha kuchli beshlikka kirishdi.

Fikrlar 0