«PSJ» hujumchisi Moyze Kin COVID-19ga topshirgan test musbat natija berdi. Shu bois, futbolchi Frantsiya chempionatining 28-turidan o'rin olgan «Bordo»ga qarshi mehmondagi o'yin uchun yo'l olmadi. U Parijda qoldi.Kin, katta ehtimol bilan, Frantsiya kubogi doirasida 6 mart kuni o'tkaziladigan «Brest»ga qarshi bahsni hamda Evropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichidan o'rin olgan "Barselona"ga qarshi o'yinni ham o'tkazib yuboradi. 21 yoshli futbolchi joriy mavsumda Liga-1 doirasida 19ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urdi.