
«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman Evropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichidan o'rin olgan «PSJ»ga qarshi javob o'yini borasida o'z fikrini bildirib o'tdi. Eslatib o'tamiz, "Kamp Nou"da bo'lib o'tgan birinchi o'yinda parijliklar 4:1 hisobida g'alaba qozonishgan edi.«Bugungi o'yindan keyin dam olishimiz va "PSJ"ga qarshi bahsga tayyorgarlikni boshlashimiz kerak. Kambek? Buni amalga oshirishning imkoni yo'q, deya ayta olmayman. Biz yaxshi natijaga erishishni maqsad qilganmiz», — dedi Kuman "Marca" nashriga bergan intervyusida.«PSJ» — «Barselona» bahsi 10 mart kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar 0