Yaqinda klub prezidentligiga saylangan Joan Laporta Messining jamoada qolishiga ishonyapti.

«Agar Leoning klubda qolishiga ishonmasangiz, uning saylovda qanday ishtirok etganiga baho bering. U ovoz berish jarayoniga o'zgacha mas'uliyat bilan yondashdi, u klub taqdiriga befarq emas.

Menincha, Messi "Barsa"ni hammadan ko'proq sevadi. 20 yillar oldin u bu erda debyut qilgan edi. Endi esa jahonning eng kuchli futbolchisiga aylandi. Eng kuchli futbolchi o'z jamoasiga sodiq qolishi kerak", - deydi Laporta.