«Barselona» etakchisi Leo Messining Parijga ko'chib o'tishi to'g'risida haliyam mish-mishlar tarqalishda davom etadi.

Bunga Neymarning o'zi ko'maklashib yubormoqda. Braziliyalik sobiq jamoadoshini «PSJ»da ko'rishni astoydil istaydi. Ba'zi manbalarga ko'ra, Neymar Messi uchun Parij markazidan villa ham va'da qilgan. U Leoni birgalikda EChLni yutishga ishontiryapti.

Eslatib o'tamiz, yozda erkin agentga aylanishi kutilayotgan Messi hali o'z kelajagi borasida aniq qarorga kelmadi.