
«Barselona» prezidentligiga yaqinda saylangan Joan Laporta jamoani avvalgi holatiga qaytarmoqchi.
U ayni dam o'z oldiga Tiago Alkantara va Adama Traoreni qo'shib olishni maqsad qilgan. Hozirda Alkantara «Liverpul»da optimal formada emas va qiyin positsiyada qolgan. O'z navbatida Traore ham Ispaniyaga qaytish fikriga qarshi emas. Uni «bo'rilar» 34 millionga sotib yuborishga tayyor. Bundan avval ham «ko'k-anorranglilar» Adama uchun ikki marta katta taklif bilan chiqqan edi.
«Barselona» bu ikki futbolchini xarid qilishi uchun bir qancha futbolchilaridan voz kechishiga to'g'ri keladi. Bu ro'yxatda Koutino ham bor.
Fikrlar 1
Yaxshi o'yinchilar belerin va kukurelyani ham qaytarish kerak