Kataloniyaliklar ayni damda shartnomalari iyun oyida yoki kelasi mavsum so'nggida yakunlanadigan futbolchilar bo'yicha qarorlar qabul qilmoqda. Robertoning shartnomasi 2022 yilning iyul oyiga qadar mo'ljallangan.

Futbolchi bo'yicha qarorni "ko'k-anorranglilar" prezidenti Joan Laporta qabul qiladi. Hozircha u o'yinchini yozda sotish haqida o'ylamoqda.

29 yoshli futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 12ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.