"Yuventus" va "Barselona" klublari Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichida imkoniyatni boy berib, keyingi bosqichga o'ta olishmadi.Shu tariqa, zamonamizning ikki yulduzi — Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi so'nggi 16 yilda ilk marta musobaqaning chorak finalida ishtirok etmaydigan bo'lishdi. So'nggi marta mavsum-2004/05da "Barsa" 1/8 finalda «Chelsi»ga (2:1, 2:4), «Manchester Yunayted» esa «Milan»ga yutqazib (0:1, 0:1), turnirni tark etishgan edi.