Barcelona
[readimg]https://statig2.akamaized.net/bancodeimagens/cc/b8/4y/ccb84y8d30nc97fzsagge7cet.jpg[/readimg]
[b]"Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi Rivaldo bosh murabbiy Ernesto Valverde haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Barselona" muvaffaqiyatsiz natijalarni qayd eta boshlaganda, darhol Ernesto Valverde murabbiy almashishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaladi.
Gollandiyalik mutaxassis Ronald Kuman, albatta, klub uchun ajoyib tanlov bo'lishi mumkin.
Ammo Valverdening kelajagi haqidagi har qanday qaror "Barselona"ning Chempionlar Ligasida qanday o'ynashiga bog'liq bo'ladi, chunki La Ligada ular chempionlik uchun kurashishlari kerak.
Agar Valverde Chempionlar Ligasini yutolmasa, ehtimol keyingi mavsumda "Barselona"da yangi murabbiyni ko'rarmiz.
Klub Valverde bilan Yevrokuboklarda g'olib bo'lishni istaydi, ammo hozirga qadar buni uddalay olmadi, shuning uchun u mukammal murabbiy bo'lsa ham, bu uning so'nggi imkoniyatidir.
La Liga chempionligi "Barsa" muxlislari uchun yangilik emas va ularni yetarli darajada xursand qilmaydi, chunki hozir ularning chin ma'nodagi istaklari Chempionlar Ligasidir.
Agar Valverde yana muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, o'zgarish vaqti keladi deb o'ylayman - deya aytib o'tdi RivaldoBetfairuchun bergan intervyusida.[/b]
UB
Fikrlar 1
To'g'ri