«Real» Madrid etakchilaridan biri Serxio Ramos Messining jamoasiga o'tishiga qarshi emasligini bildirdi.

«Messi Madridda? - men yuz foiz bu taklifni qabul qilgan bo'lar edim. Men hatto bu qarorni qo'llab quvvatlash uchun uning uyiga borgan bo'lar edim.

Biroq o'zim umuman "Barsa"da o'ynashga rozilik bermayman. Kelaqol, Leo», - deya futbolchining so'zlaridan iqtibos keltiradi Marca.