[b]Yarim himoyachi Ansuman Fati hayotini "Barselona"da o'tkazishga umid qilayotganini ta'kidladi. Men har doim shu yerda bo'lishni xohlardim. Bu boshidanoq mening orzuyim bo'lib, umrimni shu erda (Barselonada) o'tkazishga umid qilaman. Men xotirjamman, odatdagidek hamma narsani imkoniyat darajasida yaxshi va samarali qilishga harakat qilaman. Yuvenil 19 va Barsa B futbolchilari mening jamoadoshlarim. Men kun bo'yi vaqtimni ular bilan o'tkazaman va hech narsa o'zgarmaydi va shu ruxda davom etamiz degan umiddaman - deydi Fati[/b]