Ispaniya La Ligasi 27-turi doirasidagi "Barselona" va "Ueska" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Mazkur bahsda kataloniyaliklar 4:1 hisobidagi muhim g'alabani qo'lga kiritdi. "Barselona" safidagi gollarga  Messi, Grizmann va Mengesa mualliflik qilgan bo'lsa, Rafael Mir  "Ueska"ning yagona goliga mualliflik qildi. mazkur bahsdan so'ng, Ronald Kuman shogirdlari 59 ochko bilan La Liga jadvalida 2-o'ringa joylashib oldi. 

"Barselona" - "Ueska" 4:1

"Nou Kamp"  stadioni 

Gollar: Messi (13, 90), Grizmann (35), Mingesa (53),  Rafael Mir (45 Penalti) 

"Barselona" - Ter Shtegen, Mingesa, De Yong (Arauxo 63), Lengle, Dest (Moriba 69), Buskets, Pedri (Puch  85), Alba, Dembele (Breytveyt 85), Messi, Grizmann (Trinkan 69). 

"Ueska" -  Fernandes, Pulido, Siovas, Insua (Vavro 78), Galan, Riko, Dumbiya (Seoane 60), Maffeo (Lopes 78), Ferreyro (Ontiveros 78), Eskriche (Gomes 60), Mir, Visente.