«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoa sardori va etakchisi Lionel Messi haqida fikr bildirdi.

«Messi bir necha yillardan beri eng yuqori formasini ushlab kelmoqda. Buni juda ko'plab o'yinlarda ko'rganmiz. U shubhasiz klub tarixidagi eng muhim shaxs. Leoning biz bilan birga qolgani bu katta yutuq», - deydi Kuman.

Eslatib o'tamiz, argentinalik futbolchi joriy mavsum yozda erkin agentga aylanadi.