Londonning «Arsenal» klubi «Barsa» himoyachisi Xunior Firpo bilan bog'liq vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.

«Kononirlar» frantsiyalik futbolchiga berilmayotgan o'yin amaliyotiga Londonda kafolat bermoqchi. U joriy mavsum «ko'k-anorranglilar» safida atigi 2 ta o'yinda maydonga tushdi.

Eslatib o'tamiz, «Barselona» bundan avval Xolandni sotib olish uchun 6 nafar futbolchisidan voz kechmoqchi ekanini bildirgan edi. Bu ro'yxatda Firpo nomi ham bor.