[readimg]https://static.sports.uz/crop/b9fcb302b55277d7d83b341d1d860112.jpg[/readimg] U faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. "Liverpul" klubi PSJ forvardi Kilian Mbappe uchun navbatdagi xaridorga aylandi. Bu haqda El Desmarque nashri xabar tarqatmoqda. Yuqoridagi manbaaga ko‘ra mersisaydliklar frantsiyalik futbolchini yozgi transferlar davrida sotib olishmoqchi. Biroq, buning uchun ular “Real” va “Yuventus” bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi. O‘z navbatida PSJ ham Mbappeni qo‘yib yubormoqchi emas va unga yangi shartnoma taklif qilmoqchi. Biroq, 300 mln evrolik taklif bo‘lsa parijliklar buni o‘ylab ko‘rishlari mumkin. Ma’lumot uchun, 20 yoshli Mbappe joriy mavsum PSJda 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan