
«Barselona» hujumchisi Usmon Dembele Frantsiya milliy terma jamoasi yig'iniga chaqirildi.
Bu haqda «ko'k-anorranglilar»ning Tvitterdagi rasmiy sahifasida xabar berildi. Dide Desham Usmonga 2018 yil noyabrdan beri ilk marta ishonch bildirmoqda.
Frantsiya 24 martda Ukrainani qabul qiladi. Oradan to'rt kun o'tib «uchranglilar» Qozog'iston bilan, 31 martda esa Bosniya bilan bahs olib boradi.
Fikrlar 0