Lionel Messi «Barselona» tarixida rasmiy o'yinlarda eng ko'p maydonga tushgan futbolchiga aylandi. Argentinalik futbolchi uchun «Real Sosedad»ga qarshi bahs (6:1) "ko'k-anorranglilar" safidagi 768-uchrashuv bo'ldi. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha shu paytgacha rekordni o'zida ushlab turgan Xavini ortda qoldirdi."Barsa" safida rasmiy o'yinlarda eng ko'p ishtirok etgan boshqa futbolchilar:Xavi – 767

Andres Inesta – 674

Serji Buskets – 618

Karles Puyol – 593

Jerar Pike – 558.