"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutinoning tizzasi yanvar oyida operatsiya qilingan va uning tiklanishi uchun 3 oy vaqt ketishi haqida xabar tarqatilgan edi. Ammo ushbu jarayon cho'zilmoqda. Ma'lumotlarga qaraganda, braziliyalik futbolchi Dohaga uchib bordi va u erda Qatar klinikalaridan birida tibbiy ko'rikdan o'tdi. Koutino joriy mavsumda 14ta uchrashuvda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 2ta golga uzatma berdi.