
"Liverpul" yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum o'zining "Barselona"ga o'tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. "Matbuotda bunday xabarlar ko'p tarqatiladi. Ammo, avval aytib o'tganimdek, men bu haqda hech narsa bilmayman. Bu haqda faqat OAVda yoziladi, menda esa bunday ma'lumot yo'q", - dedi Veynaldum "Marca" nashriga bergan intervyusida.Veynaldumning mersisaydliklar bilan shartnomasi joriy mavsum so'ngida yakuniga etadi. Shu bois, u yozda erkin agentga aylanadi.30 yoshli futbolchi joriy mavsumda 40ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi.
Fikrlar 0