U mavsumning qolgan qismini ham o'tkazib yuborishi mumkin.

"Barselona" yarimhimoyachisi Anssumane Fatining jarohatdan tiklanishi rejalashtirilganidek ketmayapti. 18 yoshli futbolchining jarohatlangan meniskusi(tizza tog'aylari jarohati) tuzalmayapti Catalunya Radioning xabar berishicha, u yana operatsiya qilinishi mumkin.

Tiklanishdagi muammolar tufayli esa Fati mavsumning qolgan qismini ham o'tkazib yuborishi mumkin. U haqida qaror, operatsiya sinovlaridan so'ng, bir necha kun ichida qabul qilinadi.