
"Barselona"ning yangi prezidenti Joan Laporta yozgi transfer bozoriga sakkiz nafar futbolchini qo'yishga tayyor.
Ushbu royhatdan darvozabon Neto, himoyachilar Junior Firpo, Samuel Umtiti, yarimhimoyachilar Miralem Pyanich, Rikard Puch, Karles Alenya, Filippe Koutino va hujumchi Antuan Grizmannlar o'rin olishgan.
Eslatib o'tamiz, bu mavsum hisobiga "Barselona"ning qarzlari 1,2 milliard evrodan oshgan. Shu sababli Kataloniya klubi moliyaviy ahvolni yaxshilash uchun choralar ko'rishga majbur bo'lmoqda.
Fikrlar 0