"Suhbatimizdan so'ng Fati o'zini yanada yaxshiroq his qilmoqda. Men uni tetiklashtirdim va Ansuning bularni engib o'tishiga ishonchim komil", - deydi Laporta.

Eslatib o'tamiz, Fati noyabrda jarohat olgan va shundan so'ng ikki bor tizzasidan operatsiya qilingandi. Ansuning uchinchi marta operatsiya qilinish ehtimoli bor. Qaror tez orada qabul qilinadi.

18 yoshli hujumchi "Barselona" safida joriy mavsum 10ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 4ta assist qayd etdi.