"Barselona" klubi prezidenti Joan Laporta jarohat olgan xujumchi Ansumani Fati bilan uchrashishni niyat qilgan.

Laporta Fatini qo'llab-quvvatavsh va ko'nglini ko'tarish uchun mashg'ulotlarga tashrif buyurmoqchi.

Eslatib o'tamiz, 18 yoshli futbolchi noyabr oyida tizzasidan olgan jarohatidan buyon hali tiklanishga ulgurmadi. Shuningdek, ispaniyalik iqtidor egasi meniskus operatsiyasini tufayli mavsumning qolgan qismini ham o'tkazib yuborishi mumkin.