Frantsiya terma jamoasi bugun JCh-2022 saralash bosqichi doirasida safarda Qozog'istonga qarshi bahs olib borib, ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi. Mazkur o'yinda ishtirok etgan Antuan Grizmann terma jamoa safida rekord o'rnatdi. "Barselona" hujumchisi "uchranglilar" safida ketma-ket 45-uchrashuvda ishtirok etdi. Bungacha Patrik Vieyra Frantsiya terma jamoasi safida uzluksiz 44ta o'yinda ishtirok etgan edi.