«Barselona» yarimhimoyachisi Filippe Koutino APL klublari qiziqish markaziga tushgan.

Bu haqda Sports.es xabar beradi. Endi «Lester» hamda «Everton» braziliyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olishga harakat qilib ko'radi. Uning transfer summasi hozircha 30 millionga baholanmoqda. Bundan oldinroq Filippega A Ceriya grandlaridan ham turli takliflar tushgan edi.

Ma'lumot uchun, Koutino joriy mavsum La Ligada atigi 12 bahsda maydonga tushdi.