O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Evropaning nufuzli musobaqalari translyatsiyasi huquqini qo'lga kiritdi. Bu haqda "Sport" telekanali direktori Zohid Karimov xabar berdi.Evropa chempionlar ligasi, Evropa ligasi, Konferentsiyalar kubogi, o'smirlar o'rtasida Evropa chempionlar ligasi hamda Evropa Superkubogi turnirlarini 2021/2022 yilgi mavsumdan boshlab O'zbekiston hududida namoyish etish huquqini sotib oldi. Endi barcha uchun qiziqarli musobaqalarni aynan "Sport TV"da tomosha qilishingiz mumkin.Eslatib o'tamiz, EChL va Evropa ligasi musobaqalarini so'nggi yillarda O'zbekiston hududida UzReport va Futbol TV telekanallari namoyish etib kelayotgan edi.
FUTBOL TV va UzReport TV dasturlari
Fikrlar 0