"Barselona" hujumchisi Anssuman Fati joriy mavsum oxiriga qadar maydonga qayta olmaydigan bo'ldi. Bu haqda "Mundo Deportivo" xabar tarqatdi.18 yoshli futbolchi kuzda olgan jarohati tufayli noyabr tizzasini operatsiya qildirgan edi. Hozirda u to'liq sog'ayib ketishi uchun yana bir marta jarrohlik stoliga yotish haqida o'ylamoqda. Fati "Barsa" safida 2019 yilda debyut qilgan bo'lib, shu paytgacha 43ta o'yinda 13ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.