[readimg]https://stadion.uz/images/news/valverde.jpg[/readimg] [b]Bosh murabbiyni futbolchilar va klub rahbariyati qo'llab-quvvatlamoqda. AS nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, «Barselona» klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde o'z lavozimidan ozod etilishidan qo'rmasligini bildirib o'tdi. Ispaniyalik mutaxassisni klub futbolchilari va rahbariyat qo'llab-quvvatlamoqda, shu boisdan salbiy natija qayd etilayotgan bo'lishiga qaramasdan, u egallab turgan lavozimidan ketmayapti. Avvalroq, Valverdening o'rniga Ronald Kuman kelishi kutilayotgani haqida xabarlar yangragandi.[/b]