“Bunday savollarga javob berishga qiynalaman, chunki Argentina TJga muxlislik qilaman, ammo shu bilan birga Krishtianu Ronalduning ashaddiy muxlisiman. Mankunianliklarga muxlis bo'lganim uchun, unga MYuda o'ynaganidan beri qoyil qolaman.

O'ylashimcha, Ronalduda Messidan ko'ra ko'proq narsa bor, chunki u bir vaqtning o'zida bir nechta ligalarda o'z buyukligini isbotladi. Shu tufayli Ronalduni tanlayman. Shuningdek, Mbappe kabi iste'dodli yosh futbolchilar ham ko'p. Ularni kuzatish qiziq bo'ladi”, deydi Bolt.