«Barselona» tez orada uchta futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

«Ko'k-anorranglilar» himoyachi Oskar Mingesa, shuningdek yarimhimoyachilar Ilisha Moriba va Pedri uchun yangi shartnomalar tayyorlamoqda.

21 yoshli Mingesa ushbu mavsumda «Barsa» tarkibida 31 o'yin o'tkazdi va 1 gol urib, 2 golli pas amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi iyun oyida o'z nihoyasiga etadi.

18 yoshli Moriba ushbu mavsumda «Barsa» tarkibidagi 9 o'yinda 1 gol urdi va 3 golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilgacha amal qiladi.

18 yoshli Pedri esa ushbu mavsumda «Barsa» tarkibida 43 o'yin o'tkazdi bu o'yinlarda u 3 gol 6 assist qayd etdi. Uning ham klub bilan shartnomasi 2022 yilgacha mo'ljallangan.