"Barselona klubi o'z yarim himoyachisi Pedri bilan yanggi shartnoma imzolash niyatida. Klub amaldagi bitimdan ko'ngli to'lmayapti va o'z yarim himoyachisini eng mashhur iste'dodlardan biriga aylanadi, deb hisoblamoqda.

"Ko'k-anorranglilar" bu kelishuvni yaxshiroq iqtisodiy sharoit vujudga kelganda amalga oshirmoqchi. Pedrining amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida o'z yakuniga etadi.

Eslatib o'tamiz, 18 yoshli futbolchi ushbu mavsum umumiy 44 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 3 ta gol va 6 ta assist yozdirib qo'ydi.