
"Borussiya Dortmund" klubi hujumchisi Erling Xoland kelasi mavsumdan grand jamoalar safida to'p tepishni xohlamoqda. Norvegiyalik futbolchiga evropaning qator klublari tomonidan qiziqish bor. Ayniqsa, "Barselona" yosh goleadorni Kataloniyaga olib kelish uchun astoydil harakat qilmoqda.
MD nashrining xabariga ko'ra, Erlingning transfer narxi, shu jumladan komissiyalar va uning besh yillik maoshi qo'shib hisoblab chiqilsa, Xoland «Barcelona» ga taxminan 320 million evroga tushadi.
Eslatib o'tamiz, 20 yoshli futbolchini transmarkt portali 110 million evroga baholamoqda.
Fikrlar 0