Ivuarlik hozirda Donetskning “Olimpik” jamoasi murabbiylar shtabida ishlamoqda.

“Tez orada kerakli litsenziyani qo'lga kiritaman. “Barselona” – bu men o'z kuchimni sinab ko'rishni istaydigan er. Bilmayman, ehtimol bu “Barsa B” yoki yoshlar jamoasi bo'lishi mumkin, ammo, u erda albatta ishlashni xohlardim.

Bilaman, jamoadagilar meni juda yaxshi ko'rardi. Ketish haqidagi qarorni qabul qilish qiyin bo'lgan. U erda barcha narsa bor edi – futbol, hayot, iqlim. Yoningda esa eng zo'r futbolchilar o'ynardi: Xavi, Inesta… Shuning uchun yana “Barselona”ga qaytishni xohlayman”, deydi Ture.

37 yoshli Yaya Ture 2007-2010 yillarda “ko'kanorranglilar” sharafini himoya etgan.