O'yinda dubl qayd etgan futbolchining Ispaniya Kubogi finallarida urgan gollari soni 10tani tashkil qildi. Ushbu natija borasida u "Atletik" afsonasi Telmo Sarrni (9) ortda qoldira boshladi.
33 yoshli Messi "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U klub tarkibida 771 o'yinda 665 gol urgan. Faoliyati davomida 10 marta Ispaniya chempioni, 7 karra Ispaniya Kubogi sohibi, Ispaniya Superkubogining 8 karra egasi, EChLning 4 karra chempioni kabi yana ko'plab katta sovrinlarni qo'lga kiritgan.
Fikrlar 0