La Liga 33 turi doirasidagi "Atletiko" hamda "Eybar" uchrashuvi yakunlandi.   Uchrashuvda «matraschilar» Suares va Felish maydonga tushmasayam raqibiga haqiqiy masterklass o'tab berdi. Korrea va Lorentelarning dubli va Karraskoning goli mezbonlarga 5:0 hisobidagi g'alabani taqdim etdi.

"Atletiko" - "Eybar" 5:0

Gollar: Korrea, 42 - 1:0, Korrea, 44 - 2:0, Karrasko, 49 - 3:0, Lorente, 53 - 4:0, Lorente, 58 - 5:0

"Atletiko": Oblak, Lodi, Tripper, Savich (Felipe, 74), Ximenes, Karrasko (Torreyra, 70), Errera (Kondogbia, 69), Lorente, Saul, Korrea (Dembele, 61), Koke (Vitolo, 61).

"Eybar": Dmitrovich, Dufur (Oliveyra, 63), Rodriges (Resio, 72), Burgos, Poso, Atensa, Alvares, Xose Anxel (Rafa Soaresh, 72), Aleish Garsiya (Inui, 62), Arbilya, Kike Garsiya (Kike Gonsales, 72).

Ogohlantirish: Oliveyra (88).