"Barselona" sardori Lionel Messining otasi Xorxe Messi yangi shartnoma borasida muzokara o'tkazish uchun Kataloniya poytaxtiga etib keldi.Jurnalist Fabritsio Romano tarqatgan xabarga ko'ra, klub prezidenti Joan Laporta yaqin kunlarda u bilan muzokaralarni boshlaydi. "Barsa" rahbari Messini klubda olib qolishiga ishonmoqda.Eslatib o'tamiz, Messi va "Barsa" o'rtasidagi kelishuv joriy mavsum so'ngida yakuniga etadi.