
«Barselona» hujumchisi Filippe Koutino katta ehtimol yozda jamoani tark etadi.
Unga Premer-ligadan da'vogarlar bor. Xususan, «Arsenal» hamda «Everton» braziliyalik futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Biroq «Liverpul» sobiq o'yinchisini ortga qaytarmoqchi emas. Hozircha «qizillar» kelasi mavsum uchun transfer amalga oshirishga ehtiyoh yo'q deb hisoblaydi.
Ma'lumot uchun, joriy mavsum Koutino La Liganing 12 bahsida maydonga tushdi va 2+2 natijani qayd etdi.
Fikrlar 0