Bilasiz, yaqinda «Barselona» «Atletik»ni mag'lub etib, Ispaniya kubogi sohibi bo'lgan edi.

«Ko'k-anorranglilar» tarkibida naq 14 nafar futbolchi o'z faoliyatidagi ilk sovriniga ega chiqdi. Bu albatta, klubning sermahsul akademiya «mevalari» hamda Kuman ishlatayotgan rang-barang rotatsiyalar oqibatida sodir bo'ldi.

Statistik ma'lumotlarga ko'ra ham «Barselona» asosiy tarkibida bu mavsum kuchli beshlik chempionatlari ichida eng ko'p futbolchi harakat qilgan.

Demak, o'sha 14 futbolchilar ro'yxati:

— Antuan Grizmann— Ansu Fati — Neto— Pedri — Martin Breytueyt— Frenki de Yong— Oskar Mingesa— Fransishku Trinkau— Ronald Arauxo— Xunior Firpo— Serjino Dest— Ilaysh Moriba— Miralem Pyanich— Konrad de la Fuente