Madridning «Real» klubi prezidenti Florentina Peres Messining jamoada qolishiga ishonmoqda.

«Men Messining mavsum so'nggida jamoasini tark etmasligiga ishonyapman. U "Barsa"da qolishi kerak. Bundan La Liga ham yutadi. Messi va Ronaldu, "Barsa" va "Real" to'qnashuvini muxlislar o'nyillab kuzatishdi.

Aks holda bu futbol uchun katta yo'qotish bo'ladi», - deya Peresning so'zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.